Foto: Reuters
AQSH federal reyestri prezident Donald Trampning 2018 yilda olgan sovg‘alari ro‘yxatini e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donald Trampga Rossiyada o‘tkazilgan jahon chempionatiga atab chiqarilgan 12 dona kumush tangadan iborat to‘plamni sovg‘a qilgan, uning qiymati 1500 dollar deb baholangan.
Sovg‘a an’anaga ko‘ra Milliy arxiv va hujjatlar boshqarmasiga topshirilgan. Sovg‘a qabul qilinishiga sabab sifatida "Uni qabul qilmaslik sovg‘a beruvchini ham, AQSH hukumatini ham noqulay ahvolga solib qo‘ygan bo‘lardi" deb ko‘rsatilgan.
Narxi 23,5 ming dollar bo‘lgan eng qimmat sovg‘a Qatar amiri Tamim bin Hamad Ali Taniu tomonidan Melanya Trampga berilgan. Hadya Nimfenburg (Germaniya) chinnisidan tayyorlangan olti dona likopdan tashkil topgan.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Trampga narxi 8 ming 275 dollar turuvchi Louis Vuitton golf sumkasini, Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo bahosi 470 dollar bo‘lgan oq marmardan tayyorlangan beluxa kiti haykalchasini tuhfa qilgan.
AQSHning birinchi xonimiga ham ko‘plab sovg‘alar taqdim etilgan: Fransiyaning birinchi xonimi Bridjit Makrondan Givenchy katmoni (850 dollar), Misr prezidenti Abdul Fattoh al-Sisiydan Shosha Kamal dizaynerlik uyining kursisi (10 ming dollar), Livanning AQSHdagi elchisi Gabriel Issadan 450 dollarlik tunika.
Eng arzon sovg‘alar narxi 450 dollar bo‘lib, Davos meri sovg‘a qilgan golf chavgoni va Nigeriya prezidenti Muhammadu Buxoriy tuhfa etgan dasturxon ana shu narxga baholangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi