20:28 / 24.03.2020
3 507

Shvedlar tamaki, ruslar tuzlangan bodring g‘amlamoqda - Pandemiya paytida kim nima sotib olmoqda?

Shvedlar tamaki, ruslar tuzlangan bodring g‘amlamoqda - Pandemiya paytida kim nima sotib olmoqda?
RIA Novosti
Koronavirus epidemiyasi paytida butun dunyo bo‘ylab antiseptiklar, tibbiy niqob va qo‘lqoplar sotib olinmoqda. Finlar hojatxona qog‘ozini ommaviy sotib olishni muhokama qilmoqdalar.
Biroq, Finlandiya ma’lum tovarlarga talabni oshiradigan yagona mamlakat emas. Helsingin Sanomat nashri hozirda turli mamlakatlarda eng mashhur xaridlar to‘g‘risida ma’lumot to‘pladi.

Shvetsiya
Shvetsiya markaziy banki rahbari Stefan Ingves hozirgi favqulodda sharoitlarda shvedlar asosan uchta mahsulotni: guruch, makaron va hidli tamaki sotib olishlarini aytdi. Shvetsiya hidlovchi tamaki (snyuff) qonuniy ravishda sotiladigan Yevropa Ittifoqining yagona mamlakatidir. Bir millionga yaqin shvedlar doimiy ravishda snyufflarni iste’mol qiladi. Snyuff tarkibida juda ko‘p nikotin mavjud va u nikotinga qaramlikni kuchaytiradi.

Alkogolli ichimliklar do‘konlarining davlat tarmog‘ida sotish hajmi ham oshdi. Shved davlat sharob monopoliyasi Systembolaget savdo bo‘yicha rekord ko‘rsatkichni qayd etdi. Hatto norvegiyaliklar Shvetsiyaning g‘arbiy va shimoliy hududlariga spirtli ichimliklar arzonroq bo‘lgani uchun xarid qilishga keladi.

Estoniya
Estoniyaliklar kartoshka sotib olishyapti. Tallin va Tartu shahridagi oziq-ovqat do‘konlarida odatdagidan uch baravar ko‘p kartoshka buyurtma qilinmoqda, dedi Janubiy Estoniyadagi oziq-ovqat savdosi bo‘limining rahbari Andres Sus.

Estoniyada ikkinchi eng mashhur mahsulot sarimsoqdir. Garchi sarimsoq Estoniya taomlarining muhim tarkibiy qismi bo‘lsa-da, sarimsoq sotib olishning hozirgi sabablaridan biri sarimsoqning salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatishi haqidagi umumiy ishonchdir.

Ijtimoiy tarmoqlarda spirtli ichimliklar do‘konlaridagi bo‘sh javonlarning fotosuratlari paydo bo‘ldi. Estoniyaliklar antiseptik sifatida foydalanish uchun 80 foizlik spirtli ichimliklarni va finnlar kabi tualet qog‘ozlarini katta hajmda sotib olishmoqda.

Germaniya
Agar nemis do‘konga boradigan bo‘lsa, u og‘maxon kabi ko‘p narsa xarid qiladi. Ushbu hodisa uchun hatto alohida so‘z ham mavjud - hamsterkauf. Hamsterkaufning dastlabki belgilari joriy yilning fevral oyi oxirlarida paydo bo‘ldi, deb yozadi Der Spiegel. Lidl chakana savdo tarmog‘i uzoq muddatli bo‘lgan konserva mahsulotlari va makaron mahsulotlarini sotish hajmi oshgani haqida xabar berdi. Hojatxona qog‘ozi va antiseptiklar savdosi ham oshgan.

Mart oyining o‘rtalarida Germaniyaning ba’zi shaharlarida makaron hatto internet-do‘konlarda ham tugadi. Germaniya 16 mart kuni virus tarqalishiga qarshi kurash choralarini kuchaytirishga qaror qildi, ammo do‘konlarning ish soatlari cheklanmadi.

Avstriya
Avstriya do‘konlarida oziq-ovqat mahsulotlarini ommaviy ravishda sotib olinishi kulgili xususiyatlarga ega bo‘ldi. Mahalliy Kurier nashri do‘kon ichida skuterga minib olgan xaridor videosini ommaga ko‘rsatdi. Skuterga esa asosan hojatxona qog‘ozi yuklangan. Xaridlar shunchalik ko‘p ediki, odamlar yordamisiz skuterni harakatga keltira olmadi. Uning do‘konga qilgan original sayohati muvaffaqiyatsiz bo‘lgan.

Gollandiya
Gollandiya hukumati o‘z navbatida 15 mart kuni barcha kofeshoplar, ya’ni marixuana taklif qiladigan kafelar uch hafta davomida yopilishini e’lon qildi. AFP xabariga ko‘ra, ko‘plab shaharlarda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanidan bir necha daqiqa o‘tgach, kofeshoplarda uzun navbatlar yuzaga kelgan. Agar bir kun oldin gollandiyaliklar do‘konda hojatxona qog‘ozi va makaronni sotib olishgan bo‘lsa, 15 mart kuni esa ularning fikri-xayoli butunlay boshqa narsada edi.

AQSH
Amerikaliklar esa qora kunga qurol-aslahalar bilan zaxiralanmoqda. Masalan, ammo.com onlayn qurol do‘konining savdosi fevral oyining oxiri va mart oyining boshlarida 70 foizga o‘sganini e’lon qildi. Bu yil Amerikada qurolga ruxsatnomalar odatdagidan ko‘proq berildi. FQB (FBI) ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-fevral oylarida qurol sotib olish uchun 5,5 million hujjat tayyorlangan.

Los Angeles Times gazetasi yozishicha, ko‘plab amerikaliklar ilk qurollarini bu yil sotib olishgan.
“Men Glock to‘pponchasini sotib olmoqchiman, lekin men sal ikkilanib turibman”, deydi o‘zini Rey deb tanishtirgan shifokor.

“Mening oilam xavf ostida qolganda himoyalanishim kerak”, deydi Rey va davlat xizmatlari lozim darajada uni himoya qila olmasligi mumkinligidan xavotirdaligini bildirdi.

Amerikaliklar shuningdek, antiseptiklar va salfetkalar sotib olishmoqda. Kalver-Siti do‘konlarida Everclear likyor ichimligi tugagan. Los Angeles Times‘ga ko‘ra, 60 foizli alkogol yaxshi dezinfeksiyalash vositasi ekanligi haqidagi xabarlar tufayli sotuvlar ko‘paygan.

Rossiya
Rossiyada go‘sht va baliq konservalari savdosi ko‘paydi, deya xabar beradi RBK. Ruslar tuzlangan bodring va makaron sotib olishmoqda. Ayniqsa Moskva, Sankt-Peterburg va Yekaterinburg kabi yirik shaharlarda. RBKning yozishicha, mart oyi boshlarida yirik shaharlarda sirka va tuz bilan konservalangan mahsulotlar, masalan, tuzlangan bodring va karam savdosi 79 foizga oshgan.

Donli mahsulotlar orasida grechka ayniqsa faol sotilmoqda. U Rossiyada mashhur bo‘lgan mahsulotdir. Moskva do‘konlarida shakar va tuzga talab ham oshdi.

Katta savdo tarmoqlarida, shuningdek, omborlarga tozalash vositalari, bolalar ovqatlari va uy hayvonlari uchun oziq-ovqat kabi zarur mahsulotlarni yetkazib berish ko‘payganligi haqida xabar berishdi. RIA Novosti xabariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin fuqarolardan oziq-ovqat zaxirasi maqsadida xarid qilmasliklarini so‘radi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shvedlar tamaki, ruslar tuzlangan bodring g‘amlamoqda - Pandemiya paytida kim nima sotib olmoqda?