Foto: «Korrespondent.net»
Shahzoda Garrining rafiqasi Megan Markl Britaniyaning Mail on Sunday tabloidi va uning noshiri Associated Newspapers’ga qarshi sudda yutqazdi, deb yozadi «Korrespondent.net».
Aslida voqea Meganning otasi Tomasga yozgan xatini matbuotda e’lon qilgan tabloidni sudga berish bilan boshlangan edi.
38 yoshli Meganning otasi Tomas Marklga yozgan shaxsiy maktubni chop etgan nashrga qarshi Sasseks gersoglari sudga da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Er-xotin tabloidni qirol oilasining shaxsiy hayotini buzishda aybladi. May oyida ish yuzasidan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Keyin ba’zi ayblovlar da’vo arizasidan chiqarib tashlandi, negaki sud ularni da’vogarning hissiyotlariga asoslangan, sub’ektiv deb baholadi. Endi Markl yuridik to‘lovlar uchun 87 ming dollardan ko‘proq pul to‘lashi kerak.
Shuningdek, Markl yana bir sud majlisini kutmoqda. Unda u o‘z himoyasida anonim ravishda guvohlik beradigan do‘stlarining shaxsini sir saqlanishini so‘rab, nutq so‘zlaydi. Ammo OAV vakillarining fikricha, bunday talab Britaniyada ochiq adolat tamoyillariga mos kelmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi