10:17 / 10.08.2020
2 448

Yarim yil ichida rekord sonda amerikaliklar fuqarolikdan voz kechdi

Yarim yil ichida rekord sonda amerikaliklar fuqarolikdan voz kechdi
Foto: AFP 2020 / Jewel Samad
2020 yilning birinchi yarmida rekord sonda amerikaliklar – 5816 kishi AQSH fuqaroligidan voz kechdi. Bunday ma’lumotlarni ekspatlar soliqlari masalalari bilan shug‘ullanuvchi Bambridge Accountants firmasi keltirgan.
Ta’kidlanishicha, butun 2019 yil davomida 2072 amerikalik fuqarolikdan voz kechgan.

Bambridge Accountants egalaridan biri Alister Bembrijning CNN telekanaliga ma’lum qilishicha, fuqarolikdan, asosan, AQSHni “hammasidan to‘ygani” sababli tark etgan amerikaliklar voz kechadi. Ta’kidlanishicha, ko‘pchilikni AQSHda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat va mamlakatning siyosiy yo‘nalishi tashvishlantiradi.

Amerikaliklarning fuqarolikdan voz kechishga undovchi yana bir sabab soliqlar hisoblanadi: xorijda yashovchi amerikaliklar har yil soliq deklaratsiyasi topshirishlari, boshqa davlatlardagi hisobraqamlari, investitsiyalari va pensiyalari haqida ma’lumot berishlari kerak.

AQSH fuqarolari fuqarolikdan voz kechish uchun 2350 dollar to‘lashlari va hujjatlarni rasmiylashtirish uchun yashayotgan davlatlaridagi AQSH elchixonasiga shaxsan kelishlari lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yarim yil ichida rekord sonda amerikaliklar fuqarolikdan voz kechdi