13:45 / 14.08.2020
2 386

Nyu-Yorkda uysizlarni qimmatbaho mehmonxonalarga joylashdi

Nyu-Yorkda uysizlarni qimmatbaho mehmonxonalarga joylashdi
Foto: «Earth-chronicles.ru»[sup][/sup]
Nyu-Yorkda har beshta mehmonxonadan biri uyi yo‘q insonlarni joylash uchun foydalanilmoqda. COVID-19 tarqalishining oldini olish maqsadida qariyb 13 ming kishi ko‘chirilgan.

Bir-biriga yuqtirib qo‘ymasligi uchun odamlarni xonalarga bittadan yoki ikkitadan joylashga to‘g‘ri keldi. Ular orasida Yuqori Vest-Sayddagi qimmatbaho mehmonxonalar ham mavjud. Bu shahar g‘aznasiga kuniga 2 million dollardan tushadi.

Jinoyatchilik avj olgani uchun tuman aholisi o‘z uylarini tashlab ketmoqda. Shahar ma’muriyati esa uysiz odamlar yashayotgan mehmonxonalar ro‘yxatini taqdim etishdan bosh tortgan.

Bankrotlik yoqasiga kelib qolgan mehmonxonalar uchun hukumatning bu kabi moliyaviy qo‘llab-quvvatlashi — omon qolishning yagona yo‘li.
Uysiz odamlar vaksina paydo bo‘lgunga qadar mehmonxonalarda yashashi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nyu-Yorkda uysizlarni qimmatbaho mehmonxonalarga joylashdi