
Xitoylik mutaxassislar yaratgan koronavirusga qarshi vaksina bitta in’eksiyasidan keyin yarim oy ichida "Covid-19"dan himoya qilish uchun zarur immunitetni ishlab chiqadi.
Bu haqda mahalliy "Sinopharm" davlat farmatsevtika korporatsiyasi direktorlar kengashi raisi Lyu Szinchjen aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda "Chjungo van" nashri.
Uning ta’kidlashicha, bitta in’eksiya 97 foiz himoya kafolatini beradi. Antitanachalar sekin ishlab chiqaradi va oddiy holatda, yarim oy davomida "Covid-19"ga qarshilik ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan darajaga yetadi. Ikkita in’eksiya to‘liq himoyani kafolatlaydi. Birinchi va ikkinchi in’eksiya oralig‘i 28 kunni tashkil etadi.
Ikkita in’eksiya 1000 yuanni tashkil qiladi. Bu O‘zbekiston valyutasida 1 485 520 so‘mga tengdir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar