
Foto: «Massa.az»
Saudiya Arabistonida yashaydiganlarga oktabrdan umra ziyoratiga ruxsat berildi, deya xabar berdi qirollik IIV. Vazirlikning ma’lum qilishicha, ziyorat koronavirus tarqalishining oldini olish choralarini ko‘rgan holda bosqichma-bosqich tiklanadi.
4 oktabrda boshlanadigan birinchi bosqichda odatdagi ziyoratchilarning uchdan bir qismi, ya’ni mamlakatning 6 ming aholisi umra amallarini bajarishi mumkin.
18 oktabrga mo‘ljallangan ikkinchi bosqichda ziyoratchilar soni 75%gacha oshiriladi.
Koronavirus pandemiyasi tufayli joriy yil aprel oyidan boshlab umra safari taqiqlab qo‘yilgandi.
Saudiya Arabistoni may oyining oxiridan karantin cheklovlarini sekin-asta yumshata boshladi, mamlakat ichidagi harakat cheklovlarini bekor qildi, masjidlar ochildi, odamlarning o‘z ish joylariga qaytishiga ruxsat berildi.
Mamlakatda pandemiya boshlangandan beri 331 359 ta koronavirus holati qayd etilgan bo‘lib, 4 569 nafar bemor hayotdan ko‘z yumdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar