Feruza Yusupovaning qizi 1 yoshga to‘ldi: tug‘ilgan kuni Maldivda nishonlandi (video)

Feruza Yusupovaning qizi 1 yoshga to‘ldi: tug‘ilgan kuni Maldivda nishonlandi (video)

Aktrisa Feruza Yusupovaning qizi Shamsiya 1 yoshni qarshi oldi. Aktrisa 21 sentyabr kuni qizining tug‘ilgan kuni munosabati bilan uyushtirilgan bayramdan videoni Instagram sahifasiga joyladi.

Videoda Feruza Yusupovaning turmush o‘rtog‘i qizining ilk tug‘ilgan kunini Maldiv orolida nishonlashni rejalashtirgani aks etgan. U rafiqasi va qizini orol sohilida romantik kecha bilan kutib olgan. Tug‘ilgan kun davomida oila birga vaqt o‘tkazgani, shuningdek, Feruza va Shamsiyaga sovg‘alar taqdim etilgani videoda ko‘rsatilgan.

Aktrisa videoga “Family Date 21.09.26. Maa Sha Allah. 1 yoshing muborak, qizim. Adamizga rahmat! Biz uchun shunaqa kecha uyushtirganlari uchun”, deya izoh qoldirgan.

Aktrisaning ushbu posti kuzatuvchilar e’tiborini ham tortgan. Izohlarda ko‘plab foydalanuvchilar Shamsiyani tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, unga samimiy tilaklarini bildirgan.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar