
Foto: Reuters
Amerika rahbari Bayden va uning jamoasi odamlarni Covid-19 bilan qo‘rqitishga urinmoqda, deb hisoblaydi. AQSH prezidenti Donald Tramp koronavirus pandemiyasini tezda tugatish niyati borligini aytgan. Bu haqda 24 oktabr, shanba kuni Reuters xabar bergan.
«Biz ushbu pandemiyani tezda tugatmoqchimiz. Oddiy hayot to‘liq tiklanadi», – dedi Oq uy rahbari Florida shtatidagi tarafdorlari oldida chiqish paytida.
Bundan tashqari, Amerika yetakchisining ta’kidlashicha, prezidentlik saylovlaridagi raqibi, demokrat Jo Bayden va uning jamoasi odamlarni Covid-19 bilan qo‘rqitmoqchi, ular virusning yangi turi xavfini bo‘rttirib ko‘rsatmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusdan 42 milliondan ortiq kishi kasallanganligi qayd etilgan. Shu bilan birga, sayyorada oxirgi 24 soatda 371,5 ming kishi kasal bo‘lgan.
Xabar berganimizdek, Tramp va Bayden o‘rtasidagi ikkinchi va so‘nggi debat bo‘lib o‘tgan. So‘rov natijalariga ko‘ra, unda demokrat g‘alaba qozongan.
BaydenTrampCovid-19PandemiyaAmerika RahbariPrezidentlik Saylovlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar