O‘quvchilar maktabga eshakda qatnayapti: Samarqanddagi holatga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda o‘quvchilar eshak minib maktabga ketayotgani aks etgan video tarqalib, turli savollarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, video Kattaqo‘rg‘on tumani markazidan 40 kilometr uzoqlikdagi Burgansoy mahallasining Olmosuvon qishlog‘ida olingan.
Tasvirlarda o‘quvchilarning maktab tomon eshak minib ketayotgani ko‘rinadi. Dastlab bu holat ko‘pchilik uchun noodatiy tuyulgan bo‘lsa-da, hududning geografik sharoiti bunga oydinlik kiritadi.
Gap maktabda emas, hududning o‘ziga xos sharoitida: qishloq tog‘li hududda joylashgan va ichki yo‘llarning katta qismi so‘qmoqlardan iborat. Olmosuvon qishlog‘i Qo‘shrabot tumani bilan chegaradosh bo‘lib, bu yerda qishloqlar bir-biridan ancha uzoqda joylashgan.
Shu sabab mahalliy aholi kundalik qatnovda turli ulovlardan foydalanadi. Ayrim o‘quvchilar ham maktabga borib-kelishda eshakdan foydalanmoqda. Demak, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video ortida maktabdagi noodatiy tartib emas, hududning tog‘li va murakkab yo‘l sharoiti turibdi.































Izohlar 0
…