Namangandagi bog‘chada 5 yoshli tarbiyalanuvchiga zo‘ravonlik qilingani aytilmoqda

Namangandagi bog‘chada 5 yoshli tarbiyalanuvchiga zo‘ravonlik qilingani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotida 5 yoshli tarbiyalanuvchiga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani ma’lumot berdi.

Bildirilishicha, bola bilan bog‘liq mazkur holat yuzasidan tuman IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan 12 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinayotgan K.M. shu kunning o‘zida protsessual tartibda ushlangan. Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumon qilinuvchining aybi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan tasdiqlanmaguncha, u aybdor hisoblanmaydi.

Bolalar ombudsmani mazkur jinoyat ishi yurituvida vakolatlari doirasida jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari ta’minlanishini kuzatib bormoqda.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar