Foto: AP Photo
Amazon asoschisi va dunyoning eng badavlat kishisi Jeff Bezos atrof-muhitni muhofaza qilishga 791 million dollar xayriya qildi, deb xabar bermoqda «RBK». Bu haqda u Instagram’da ma’lum qilgan.
Ushbu mablag‘lar milliarder tomonidan tuzilgan «Bezosning Yer fondi» jamg‘armasi iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashuvchi 16 ta tashkilotga ajratilgan. Bezosning so‘zlariga ko‘ra, birinchi tashkilotlar 2020 yilning fevral oyida tashkil etilgan fonddan grant olgan.
«Bugun men Bezos Land Foundation’ning birinchi qabul qiluvchilari — innovatsion, ambisiyali va dinamik yechimlar ustida ishlaydigan 16 ta tashkilot haqida e’lon qilishdan mamnunman», — deb yozgan u.
Bezosning so‘zlariga ko‘ra, ushbu mablag‘larni ajratish Yer kelajagini himoya qiladigan olimlar, faollar, nodavlat tashkilotlarni moliyalashtirishning boshlanishi xolos. Grant olgan tashkilotlar orasida Dunyo resurslari instituti, Jahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi (WWF), Iqlim va sof energiya sohasidagi adolat jamg‘armasi, ClimateWorks Foundation jamg‘armasi, o‘rmonlarni tiklash loyihalari Eden, Atrof-muhitni muhofaza qilish jamg‘armasi, Tabiiy resurslar muhofazasi bo‘yicha kengash, Qoyali tog‘lar instituti, Solk biologik tadqiqotlar instituti va boshqa tashkilotlar bor.
Bezos 2020 yil fevralida «Bezosning Yer jamg‘armasi» tashkil etilishini e’lon qilishi vaqtida unga 10 milliard dollar ajratishini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi sayyora uchun eng katta tahdid hisoblanadi.
Iyul oyida ajrashganidan keyin dunyodagi eng boy ayolga aylangan Bezosning sobiq rafiqasi Makkenzi Skott xayriya tashkilotlarga 1,7 milliard dollar ajratgan. Mablag‘lar 116 tashkilot o‘rtasida taqsimlangan. 586 million dollar irqiy tengsizlikka qarshi kurashish uchun, 400 million dollar — iqtisodiy harakatchanlikni targ‘ib qiluvchi tashkilotlarga, 133 million dollar — gender tengligini qo‘llab-quvvatlovchi nodavlat tashkilotlarga ajratilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi"
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi
Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak”
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi