12:02 / 25.11.2020
1 506

Tramp Oq uyda bayonot berdi

Tramp Oq uyda bayonot berdi
Foto: Getty Images
AQSH prezidenti Donald Tramp Oq uyda jurnalistlar oldida bayonot berdi. Uning murojaati Oq uyning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida jonli efirda olib berildi. Oldinroq Oq uy prezident «muhim bayonot berishini» e’lon qilgan edi.

Biroq Trampning bu galgi bayonoti juda tez yakunlandi va bir daqiqaga ham bormadi: «Vaksina borasida juda yaxshi ishlar olib borilmoqda va tez orada yaxshi yangilik bo‘ladi. Shuningdek, DIJA (Dow Jones Industrial Average) indeksi (ishlab chiqarish hajmini hisoblovchi AQSH milliy indeksi) rekord darajada yuqorilab, 30 ming punktga yetgani bilan tabriklayman. Bu bizning administratsiya erishgan yutuq va bu ko‘rsatkich bilan avvalo amerikaliklarni tabriklamoqchiman. Barchangizga rahmat», deb nutqini yakunlagan Tramp.

Jurnalistlar unga savollari borligini aytib qolishgan, lekin Tramp saylov borasidagi savollarga javob berishni xohlamay, ketib qolgan. OAV vakillari Oq uyning anonsidan keyin Tramp saylovdagi mag‘lubiyatini tan olishi haqida gapiradi deb taxmin qilgandi, chunki prezident bir kun oldin Tvitterdagi sahifasida hukumatni topshirish bo‘yicha o‘z shtabiga «kerakli ishlarni qilishni» ko‘rsatma berganini aytgandi.

3 noyabr kuni o‘tkazilgan AQSH prezidentlik saylovlarining natijasi hamon e’lon qilingani yo‘q. AQSHdagi deyarli barcha yirik OAV esa saylovda demokrat Jo Baydenning g‘alaba qozonganini e’lon qilgan. Associated Press ma’lumotiga ko‘ra, Bayden allaqachon 306 ta vakillik ovoziga ega bo‘lgan. AQSH prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘lish uchun esa 270 ta vakillik ovozini to‘plash kifoya.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)