Aleksandar Vuchich prezidentlik lavozimini bir necha haftadan keyin tark etishini aytdi

Aleksandar Vuchich Serbiya prezidenti lavozimida yana bir necha hafta ishlab, keyin iste’foga chiqishini aytdi. U bu qarorini Belgradda bo‘lib o‘tgan mitingda e’lon qildi.
Serbiya rahbari avval uni prezidentlikdan hech qachon ketmaydi, deb tanqid qilishganini esladi. Vuchichning so‘zlariga ko‘ra, endi uning davlat rahbari sifatidagi faoliyati yakunlanish arafasida.
U prezidentlikdan ketgach ham siyosatda qolishni rejalashtirmoqda. Vuchich kelgusi parlament saylovida ishtirok etish niyatini bildirdi. Mamlakatda prezidentlik va parlament saylovlarini muddatidan oldin o‘tkazish rejasi bor, ammo aniq sana hozircha ma’lum emas.
Vuchichning amaldagi vakolat muddati 2027 yilda tugashi lozim edi. Iste’fo haqidagi bayonot Serbiyada korrupsiyaga qarshi noroziliklar kuchaygan davrda aytildi.































Izohlar 0
…