Foto: «Life.ru»
Rasmiy Boku va Yerevan mahbuslarni almashishga kelishib oldi. Kelishuvga Tog‘li Qorabog‘dagi so‘nggi janglar oldidan asirga olinganlar ham kiradi. Bu haqda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanga tayanib «RIA Novosti» xabar qildi.
«Eng muhim vazifa — mahbuslarni qaytarish. Men shuni aytmoqchimanki, bu yerda bir oz oldinga siljishlar bor. Kelishuv ‘hammasiga hammasi’ almashtirish prinsipi asosida amalga oshiriladi», — dedi Pashinyan televizion murojaatida.
U yana bir muammo bedarak yo‘qolganlarni qidirish ekanligini ta’kidladi. 9 noyabrdan buyon to‘qnashuv zonasidan 600 dan ortiq harbiy jasadi olib kelingan, ularning 500 nafari tanib olish bosqichida.
«Katta ehtimol bilan aytishimiz mumkinki, bular yo‘qolgan vatandoshlarimizning jasadlari. Aniqlash ishlari DNK testlari yordamida amalga oshiriladi. Bugungi kunga kelib, o‘lganlarning 135 jasadi aniqlanib, qarindoshlariga topshirildi», — dedi Pashinyan.
Eslatib o‘tamiz, 10 noyabrga o‘tar kechasi Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjon va Rossiya prezidentlari Ilhom Aliyev va Vladimir Putin bilan Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni va jangovar harakatlarni to‘xtatish to‘g‘risida kelishuv imzoladi. Shundan so‘ng Armanistonda ushbu bitim sabab norozilik namoyishlari boshlandi va u ikki haftadan buyon davom etmoqda. Bitimga ko‘ra, Ozarbayjon mintaqa hududining katta qismini olgan. Muxolifat Pashinyan «xoinlik» shartnomasi imzolangani sababli iste’foga chiqishini talab qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi