08:13 / 23.12.2020
3 825

Ummon sultonligi O‘zbekiston fuqarolarining mamlakatga kirish tartibini o‘zgartirdi

Ummon sultonligi O‘zbekiston fuqarolarining mamlakatga kirish tartibini o‘zgartirdi
Foto: Shutterstock
Ummon sultonligi hukumati xorijiy turistlarning mamlakatga kirish tartibiga o‘zgartirishlar kiritdi. Bu haqda Hotelier xabar berdi.
Avvalroq Ummon rasmiylari 103 ta mamlakat, shu jumladan, O‘zbekiston fuqarolariga mamlakatga vizasiz kirish rejimini joriy qilgan. Bunday choraning asosiy maqsadi inqiroz davrida turizm sohasini va mahalliy iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash bo‘lgan.

Sayyohlar sultonlik hududida 10 kun davomida vizasiz bo‘lishi mumkin, bunda ular mehmonxonada xona band qilingani haqidagi ma’lumot, COVID-19’ni davolashni qoplaydigan tibbiy sug‘urta va qaytish chiptasiga ega bo‘lishi kerak. Mamlakatga parvoz qilishdan oldin shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etgan holda maxsus saytda ro‘yxatdan o‘tish va tegishli mobil dasturni yuklab olish kerak.

Mamlakatga keluvchilar oldindan PZR testini topshirishi shart emas, bu ishni yetib kelgandan keyin aeroportda amalga oshirish mumkin. Undan keyin esa mehmonxonada o‘zini yakkalash rejimiga amal qilgan holda bir-ikki kun test natijasini kutish kerak.

Mahalliy OAV xabar berishicha, endi 103 ta mamlakat orasidan 27 tasining fuqarolari pasportida Shengen vizasi, AQSH, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Kanada yoki Yaponiyaga kirish vizalari bo‘lgan taqdirda, Ummonga vizasiz kirishi mumkin.

Mazkur 27 ta mamlakat qatoridan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarus, Turkmaniston, Hindiston, Misr, Ozarbayjon, Armaniston va boshqalar o‘rin olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ummon sultonligi O‘zbekiston fuqarolarining mamlakatga kirish tartibini o‘zgartirdi