Foto: Weibo
Xitoyning Syuanchjou shahrida istiqomat qiluvchi ayol shahar bo‘ylab aylanish uchun noodatiy transport vositasidan foydalandi. Gavjum chorrahalardan biriga o‘rnatilgan yo‘l kamerasi mahalliy bog‘lardan biriga qarab harakatlanayotgan o‘yinchoq mashinani tasvirga olgan. Bu kabi «sayr» muvaffaqiyatli yakunlanmagan — pushtirang o‘yinchoq politsiya e’tiborini tortgan, deb xabar beradi Motor.
Kamera tomonidan yozib olingan videoda turli rangdagi chiroqlar bilan bezatilgan plastik avtomobil umumiy foydalanishga mo‘ljallangan yo‘lda harakatlanib, chorrahadan o‘ngga burilganini ko‘rish mumkin. O‘yinchoq avtomobilni Li familiyali ayol boshqargan bo‘lib, ta’kidlanishicha, u mahalliy o‘yinchoq do‘konlarning birida ishlaydi.
Lining tushuntirishicha, uning boshlig‘i mashinani bog‘ga yetkazish bo‘yicha topshiriq bergan, o‘yinchoq mashina u yerda dam oluvchilar uchun ijaraga berilishi kerak bo‘lgan. Vaqt va pulni tejash maqsadida ayol belgilangan joyga mustaqil yetib olishga qaror qilgan.
Biroq u yo‘lni nazorat qilayotgan politsiyachilarga duch kelgan. Lining so‘zlari ularni qoniqtirmagan: beparvoligi uchun xitoylik ayolga hayfsan berilgan, o‘yinchoq mashina esa musodara qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori"
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
Sharmandaga shahar keng
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi