23:03 / 28.12.2020
3 197

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov nabirasi bilan qorbola yasadi (video)

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov nabirasi bilan qorbola yasadi (video)
Kadr: Videodan skrinshot
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 27 dekabr kuni nabirasi Kerim bilan birga Kopetdag‘ tog‘i etaklarida sayr qildi, deya xabar bermoqda «Xronika Turkmenistana».

Turkmaniston davlat axborot agentligi ma’lum qilishicha, prezident va uning nabirasi Ashxobodning janubiy chekkasiga borgan, u yerda prezident sport mashqlarini bajargan. Keyin ular kanat yo‘li tomon yo‘l olgan.

U yerda Gurbanguli Berdimuhamedov nabirasiga «tabiatning qudratli kuchi to‘g‘risida» hikoyalar aytib bergan, Kerim esa qor bilan qoplangan poytaxt va tog‘ etaklarini suratga olgan.

Berdimuhamedov va uning nabirasi funikulyorga chiqib, kanat yo‘li orqali Kopetdag‘ tomon yo‘l olgan. Yuqoridan ular Ashxobod manzarasini ko‘zdan kechirgan. Shundan so‘ng prezident va uning nabirasi qorbola yasagan.

Davlat axborot agentligining ta’kidlashicha, Gurbanguli Berdimuhamedov nomidan kanat yo‘lining barcha xodimlariga yangi yil sovg‘alari topshirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov nabirasi bilan qorbola yasadi (video)