Foto: Twitter
40 yoshli Kim Kardashyan hamda 43 yoshli Kane Uest o‘rtasidagi munosabatlar tugadi. Sobiq sevishganlar hozirda ajrashish jarayonlarini boshlab yuborgan, deb yozadi «Cosmo.ru».
Realiti-shoular yulduzi va reper 6 yillik turmushdan so‘ng ajrashishga qaror qilgan, juftlikning to‘rt nafar farzandi bor. Katta qizi Nort hozirda 7 yoshda, o‘g‘li Seynt — besh yosh, Chikago ismli qizi keyingi hafta uch yoshga to‘ladi, kenjasi Saam esa endigina olti oylik bo‘ldi.
«Kim ajrashishlar bo‘yicha mashhur advokat Laura Uesserni yollagan va hozirda ular kelishuv bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda», — deyiladi xabarda. Teleyulduz hatto nikoh uzugini ham taqmay qo‘ygan, Rojdestvo suratlarida esa uni faqat farzandlari qurshovida ko‘rish mumkin. Page Six ma’lumotlariga ko‘ra, reper bayramni Vayomingdagi uyida yolg‘iz nishonlagan.
Insayderlarning ta’kidlashicha, Kardashyan va Uestning Kalabasasdagi 60 million dollarli hashamatli uyi mol-mulkning asosiy masalasiga aylanadi. «Ajrashish muqarrar», — deya qo‘shimcha qiladi manbalar.
Ma’lumot uchun, Kane Uest Kardashyanning uchinchi turmush o‘rtog‘i hisoblanadi. Birinchi turmush o‘rtog‘i, musiqa prodyusseri Deymon Tomas bilan u 2004 yilda ajrashgan bo‘lsa, basketbolchi Kris Xamfris bilan qurgan ikkinchi turmushi esa 72 kun davom etgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Reper Paff Deddi onasiga 1 mln dollarlik chek va Bentley sovg‘a qildi

Maykl Jeksonning qizi otasining izidan ketib, qo‘shiqchi bo‘lishga qaror qildi

Koronavirusni to‘sadigan preparat topildi

Uzoq yillik turmushdan keyin ajrashishga qaror qilgan mashhur juftliklar (foto)

Reper Kane Uest AQSH prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatga olindi

Chikagolik polisiyachi qora tanli o‘smirning qotilligida ayblandi