Foto: «Sbcargo.ru»
WAM agentligi xabariga ko‘ra, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) hukumati mavjud qonunga chet elliklarga mamlakat fuqaroligini olishga imkon beruvchi o‘zgartirish kiritgan.
Portal ma’lumotlariga ko‘ra, investorlar, ixtirochilar, shifokorlar, olimlar va san’atkorlar hamda ularning oilalari fuqarolikka murojaat qilishlari mumkin. Har bir toifaning o‘z qoidalari bor, arizalar mahalliy ijro hokimiyati organlari, shuningdek, hukumat tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Shunday qilib, investorlar BAAdagi ko‘chmas mulkka yoki mamlakat Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tasdiqlangan patentlarga ega bo‘lishlari kerak. Shifokorlar va muhandislar davlat uchun zarur bo‘lgan noyob ilmiy sohalarda ishlashi, shuningdek, kamida 10 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak. Xuddi shu narsa tadqiqotlarda faol bo‘lishi va obro‘li mukofotlarga ega bo‘lishi kerak bo‘lgan olimlarga ham tegishli.
«Yangi farmon bizning taraqqiyotimizga hissa qo‘shadigan iste’dodli odamlarni jalb qilishga qaratilgan», — deydi Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri shayx Muhammad bin Rashid Al Maktum.
Shu paytgacha tashrif buyurgan iste’dodlar Birlashgan Arab Amirliklarida vizalar asosida yashab kelgan, masalan, «oltin dastur» 10 yil qolish huquqini bergan, ammo haqiqiy fuqarolikka o‘tish imkonini bermagan. BAA fuqarolar uchun eng boy ijtimoiy ta’minot dasturiga ega. Davlat ish, uy-joy va farovon hayotni kafolatlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi