11:30 / 10.03.2021
1 707

Zoom asoschisi o‘zining 6 milliard dollarlik 40 foiz aksiyasini xayriya qildi

Zoom asoschisi o‘zining 6 milliard dollarlik 40 foiz aksiyasini xayriya qildi
Foto: Bloomberg
Zoom Video Communications asoschisi va bosh direktori Erik Yuan o‘ziga tegishli kompaniyaning, taxminan, 6 milliard dollarga baholangan 40 foiz aksiyasini xayriya qildi. Bu haqda Zoom tomonidan AQSHning Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasiga topshirilgan hujjatlarga asoslanib «RBK» xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yuan kompaniyaning aksiyalarini o‘zi va turmush o‘rtog‘i egalik qiladigan ikkita trast fondidan ikki kishiga 9 milliontadan o‘tkazib bergan. Qimmatli qog‘ozlarni hozir kim nazorat qilayotgani noma’lum.

«Taqsimlash Erik Yuan va uning rafiqasi trastlarining shartlariga muvofiq amalga oshirildi», — deb xabar berdi Zoom vakili Reuters nashriga.

Yuan 15 foiz ulush bilan Zoom Video Communications’ning eng yirik aksiyadori edi. Shuningdek, u kompaniyaning ovoz beruvchi aksiyalaridan 40 foizini nazorat qilgan.

Zoom aksiyalarining narxi pandemiya davrida dunyo bo‘ylab o‘zini o‘zi yakkalash va masofadan turib ishlash fonida keskin ko‘tarildi. Bularning barchasi iste’molchilarni videokonferensaloqa xizmatlariga murojaat qilishga undadi.

Agar 2020 yil 19 yanvarida Zoom aksiyasining narxi 73 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, o‘sha yilning 11 oktabrida 559 dollarga yetdi, shundan keyin aksiyalar narxi tushishni boshladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yuan 40 foiz aksiyasini 3 mart kuni xayriya qilgan. U vaqtda savdolar ochilgach, bitta aksiya narxi 368,58 dollar edi. Zoom aksiyalari operatsiyadan keyin ham tushishda davom etdi. NASDAQ ma’lumotlariga ko‘ra, 8 mart kuni savdolar 310,93 dollarda yopildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zoom asoschisi o‘zining 6 milliard dollarlik 40 foiz aksiyasini xayriya qildi