Foto: EPA
«Tesla» elektromobillar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi rasmiy hujjatlarida Ilon Maskning lavozimi bundan buyon Technoking deb yoziladi. Tarjimasi — «texnoqirol» yoki «texnologiyalar qiroli».
Ushbu ma’lumot dushanba kuni AQSH qimmatbaho qog‘ozlar va birjalar komissiyasi saytida paydo bo‘ldi.
«Tesla» moliya direktori Zak Kirkxornni esa bundan buyon «tangalar ustasi» (Master of Coin) deb atashadi — Jorj Martinning «Muz va olov qo‘shig‘i» turkum asarlari va ular asosida suratga olingan «Taxtlar o‘yini» serialidagi to‘qima mansabga monand.
Mask va Kirkxorn kompaniyadagi lavozimlarini saqlab qolishgan, rahbariyatda o‘zgarishlar yo‘q, shunchaki 2021 yilning 15 martidan ularning mansablari yangicha nomlanishi rasman kuchga kirgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi