11:26 / 16.03.2021
2 029

Yangi davr, yangi mansab — Ilon Mask endi «texnoqirol»

Yangi davr, yangi mansab — Ilon Mask endi «texnoqirol»
Foto: EPA
«Tesla» elektromobillar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi rasmiy hujjatlarida Ilon Maskning lavozimi bundan buyon Technoking deb yoziladi. Tarjimasi — «texnoqirol» yoki «texnologiyalar qiroli».

Ushbu ma’lumot dushanba kuni AQSH qimmatbaho qog‘ozlar va birjalar komissiyasi saytida paydo bo‘ldi.

«Tesla» moliya direktori Zak Kirkxornni esa bundan buyon «tangalar ustasi» (Master of Coin) deb atashadi — Jorj Martinning «Muz va olov qo‘shig‘i» turkum asarlari va ular asosida suratga olingan «Taxtlar o‘yini» serialidagi to‘qima mansabga monand.

Mask va Kirkxorn kompaniyadagi lavozimlarini saqlab qolishgan, rahbariyatda o‘zgarishlar yo‘q, shunchaki 2021 yilning 15 martidan ularning mansablari yangicha nomlanishi rasman kuchga kirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yangi davr, yangi mansab — Ilon Mask endi «texnoqirol»