Yerga Xitoyning nazorati yo‘qotilgan 21 tonnalik «Chanchjen-5» fazoviy raketasi qulamoqda. Astrofiziklarning ta’kidlashicha, raketa qayerga tushishini oldindan aytish ilojsiz.
U biror bir aholi punktiga tushishi ham ehtimoldan xoli emas. Raketa aprel oxirida orbitaga Xitoyning birinchi koinot stansiyasi – «Tyanxe»ning asosiy modulini yetkazgandi. Endilikda raketaning markaziy moduli Yer atrofida 27,6 ming km/soat tezlik bilan erkin aylanib, tobora pastlamoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, qurilma Yerga 8 maydan 12 maygacha oraliqda tushishi mumkin. Biroq uning Yer bilan aniq to‘qnashish vaqtini bundan 6 soat oldingina aytish mumkin bo‘ladi.
«Eng yomon vaziyatda bu kichik samolyotning qulashidek bo‘ladi. Uning bo‘laklari yuzlab kilometrlarga sochilib ketishi mumkin», deb aytgan Garvard-Smitson astrofizika markazi mutaxassisi Jonatan Makdauell.
Uning ta’kidlashicha, raketa atmosferaning zich qatlamlariga qaytganidan keyin uning qanday qismlari qolishi noma’lum, biroq ular «ziyon yetkazish uchun yetarli bo‘ladi». “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi