12:30 / 07.05.2021
1 997

AQSHda uch kishini yaralagan mergan oltinchi sinfda o‘quvchi qiz bo‘lib chiqdi


Aydaxodagi maktabda uch kishini yarador qilgan mergan oltinchi sinf o‘quvchisi bo‘lgan, u o‘qituvchi tomonidan qo‘lga olingan va qurolsizlantirilgan, deb xabar beradi Assoshieyted Press mahalliy huquq-tartibot idoralariga tayanib.

Rigbi shahridagi o‘rta maktabda sodir bo‘lgan otishma natijasida uch kishi — ikki o‘quvchi va bir kishi yaralangandi.

Jefferson okrugi sherifining aytishicha, qiz sumkasi ichidan to‘pponchani chiqarib, maktab binosi ichida va tashqarisida bir nechta o‘q uzgan. O‘qituvchilardan biri uni qurolsizlantirib, qo‘riqchilar kelguncha ushlab turishga muvaffaq bo‘lgan.

Rasmiylar hujum ortidagi sabablarni, shuningdek qurol qanday qilib oltinchi sinf o‘quvchisining qo‘liga tushganini tekshirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda uch kishini yaralagan mergan oltinchi sinfda o‘quvchi qiz bo‘lib chiqdi