12:46 / 15.09.2021
1 494

Si Szinpinni uchrashuvga taklif qilgan Jo Bayden rad javobini oldi

Si Szinpinni uchrashuvga taklif qilgan Jo Bayden rad javobini oldi
Foto: «Myseldon»
Yaqinda XXR raisi Si Szinpin bilan telefonda muloqot qilgan AQSH prezidenti Jo Bayden unga sammit o‘tkazish taklifini bildirgandi. Biroq salbiy javob oldi: avval Vashington Pekin bilan yumshoqroq ohangda gaplashsin. Bu haqda «Financial Times» yozmoqda.

Telefondagi suhbat bir yarim soatga cho‘zilgan, deyiladi xabarda. Bayden boshi berk ko‘chaga kirib qolgan AQSH–Xitoy munosabatlariga chora topish uchun XXR raisiga yuzma-yuz uchrashib sammit o‘tkazishni taklif qildi, ammo rad javobini oldi. Bundan amerikalik qator rasmiy shaxslar «Pekin Vashington bilan qattiq o‘yinni davom ettirish istagida», degan xulosaga kelishgan.

O‘z navbatida, Bayden ma’muriyati ikki mamlakat yetakchilari o‘rtasidagi telefon muloqotini Xitoyning jiddiy hamkorlikka shayligini tekshirish uchun imkoniyat deya baholadi. Chunki shu paytgacha AQSH va XXR vakillari o‘rtasidagi diplomatik muloqotlar aytarli natija bermagandi.

«Financial Times»da chiqqan xabarga Oq uy hozircha munosabat bildirgan emas.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Si Szinpinni uchrashuvga taklif qilgan Jo Bayden rad javobini oldi
[/banner_pushhouse