Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Milliy xavfsizlik qo‘mitasining ikki o‘rinbosari - Marat Osipov va Daulet Yergojinni lavozimdan ozod etdi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar bermoqda.
Marat Osipov
Daulet Yergojin
Qozog‘iston prezidenti sayti xabar berishicha, Kosjanov Bakitbek va Amerxanav Askar Qozog‘iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari etib tayinlangan.
5 yanvar kuni To‘qayev Yermek Sag‘imbayevni qo‘mitaning yangi raisi etib tayinlagani ma’lum bo‘lgandi. Bu lavozimda 2016 yildan buyon ishlab kelgan Karim Masimov avvaliga ishdan olingan, 8 yanvar kuni davlatga xiyonat qilish gumoni bilan qo‘lga olingandi.
Qozog‘iston rahbari Milliy xavfsizlik qo‘mitasining yana bir o‘rinbosari - Maxsus topshiriqli xizmatlar direktorini almashtirgandi, prezident farmoni bilan Anuar Sadikulov o‘rniga Berik Kunanbayev tayinlangan.
Qozog‘istonda 2 yanvar kuni gaz narxi keskin oshishi sababli ommaviy norozilik namoyishlari boshlanib, bir necha kundan so‘ng ular tartibsizliklarga aylandi. Prezident Asqar Mamin hukumatini iste’foga chiqardi, ammo bu namoyishchilarni tinchitish uchun yetarli bo‘lmadi. Shundan keyin turli tuzilmalarda iste’folar kuzatila boshladi.
7 yanvar kuni xalqqa murojaatida To‘qayev hukumat huquq-tartibot idoralari va armiya harakatlari munosabati bilan muhokamalar o‘tkazilishini ta’kidlagandi. «Maxsus kuchlar, maxsus vositalar va texnika yetarli emasligi ma’lum bo‘ldi. Biz bu masalalarni zudlik bilan hal qilamiz. Davlat nega jangarilarning uxlab yotgan yacheykalarini yashirin tayyorgarlikdan o‘tkazilishiga befarq qolganini tushunish juda muhim», degandi Qozog‘iston rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar