Toshkentning 5 ta tumandagi elektrdagi nosozlik metro harakatiga ham ta’sir qildi

Toshkentning 5 ta tumandagi elektrdagi nosozlik metro harakatiga ham ta’sir qildi
Audio versiyasi

Toshkent shahrining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilishlar kuzatildi. Holat metro poyezdlari harakati va bekatlardagi yoritish tizimiga ham ta’sir qilgan.

Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 4 iyun kuni soat 12:41 da Toshkent issiqlik elektr stansiyasidagi transformatorda nosozlik yuzaga kelgan. Shu sabab Mirabod, Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Shayxontohur va Olmazor tumanlarining ayrim joylarida elektr o‘chgan.

Nosozlik soat 13:01 da bartaraf etilgan, soat 13:22 ga kelib esa barcha iste’molchilar elektr ta’minotiga qayta ulangan.

Shahar elektr tarmog‘idagi uzilish sabab "O‘zbekiston", "Chilonzor" va "Yunusobod" yo‘nalishlarida ham qisqa muddatli muammolar kuzatilgan. Metro mutaxassislari harakat xavfsizligini ta’minlash uchun zaxira generatorlarini ishga tushirgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar

Toshkentning 5 ta tumandagi elektrdagi nosozlik metro harakatiga ham ta’sir qildi – Zamin.uz, 04.06.2026