20:00 / 21.01.2023
468

Original atirni qalbakisidan farqlashga yordam beradigan 6 ta layfxak

Original atirni qalbakisidan farqlashga yordam beradigan 6 ta layfxak
Foto: «Profil.ru»
Parfyumeriya sotib olayotganda, uning yuqori sifatli va xushbo‘y hidi uzoq vaqt saqlanib qoladigan bo‘lishiga umid qilamiz, biroq ba’zida noto‘g‘ri tanlov orqali bu istaklar puchga chiqishi mumkin. «Profil.ru» nashri haqiqiy atirni soxtasidan ajratish uchun sotib olishda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi haqida ma’lumot berdi.

Qadoqni ko‘zdan kechiring

Birinchi navbatda qadoqni diqqat bilan tekshirishingiz kerak. Soxta parfyumeriya ishlab chiqaruvchilar o‘zlarini huquqiy muammolardan himoya qilish uchun shriftni, dizaynni yoki atir nomidagi bir yoki ikkita harfni biroz o‘zgartiradi.

Flakonga e’tibor bering

Xushbo‘y hidga ega soxta atirni flakon dizayni bilan osongina aniqlash mumkin. Masalan, soxta atir ishlab chiqaruvchilar nom, logotip va boshqa ma’lumotlarni keltirishda ko‘pincha past sifatli bo‘yoqlardan foydalanadi, ular tirnab osongina o‘chirish mumkin, deb yozadi Fabbon portali. Haqiqiy atirlarning flakoni butunlay silliq va yuqori sifatli bo‘ladi.

Quti ichidagi karton

Parfyumeriya ishlab chiqaruvchilar qadoqlash sifatiga ham ko‘p mablag‘ sarflashni istamaganligi sababli, quti ichidagi karton konstruksiyasi ham boshqacha bo‘ladi. Original atir qutisida flakon qadalib qolmasligi uchun «origami» uslubida yaratilgan silliq oq rangdagi kartonni topishingiz mumkin.

Shtrix-kod va seriya raqami

Original atirlarda seriya raqami va shtrix-kod qadoqning o‘zida ham, flakonida ham bo‘ladi. Bundan tashqari, bu ma’lumot flakonga yoki nozik shaffof stikerga yozilishi mumkin.

Qopqoq

Flakon qopqog‘i ham soxta narsalarni aniqlashda muhim rol o‘ynaydi. Original atirning qopqog‘i yuqori sifatli, chidamli va flakonga mahkam bo‘ladi. Soxta parfyumeriya esa odatdagidan ancha yengil va juda zaif qopqoqqa ega bo‘lishi mumkin.

Atirning hidi va uning qancha saqlanib qolishiga e’tibor bering

Atirni do‘kondan olishdan oldin yaxshilab e’tibor bering. Soxta atirning hidi originalga o‘xshash bo‘lsa-da, u yuqori, o‘rta va asosiy notalar orqali ochilmaydi. Soxta atir ishlab chiqaruvchilar qimmat xom ashyoga pul sarflamagani sababli, ushbu atirlarning hidi o‘xshash bo‘ladi va uzoq vaqt saqlanib qolmaydi.

Agar flakonning pastki qismida g‘alati cho‘kma yoki qandaydir suspenziya bo‘lsa, uni sotib olmagan ma’qul. Original atirni tekshirishning yana bir usuli — flakonni silkitish. Silkitganda soxta atirlardagi pufakchalar bir zumda, originalida esa ko‘proq vaqtdan keyin yo‘qoladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Original atirni qalbakisidan farqlashga yordam beradigan 6 ta layfxak