Turkiyada mashinaga o‘q uzgan ikki o‘zbekistonlik hibsga olindi

1 daqiqa o'qish4
Turkiyada mashinaga o‘q uzgan ikki o‘zbekistonlik hibsga olindi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Antaliyaning Manavgat tumanida haydovchining avtomobiliga o‘q uzgan ikki O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi.
  • Kamronbek Abdurasulov va Ero‘l Kamol Pusat ismli shaxslar 72 soatlik videokuzatuv yozuvlarini tahlil qilish natijasida aniqlandi.
  • Sud qarori bilan gumonlanuvchilar qamoqqa olinib, Manavgatdagi yopiq turdagi qamoqxonaga joylashtirildi.
  • Ular jamoat xavfsizligiga tahdid solish va qurol bilan qasddan jarohat yetkazishga urinish kabi qator huquqbuzarliklarda ayblanmoqda.

Turkiyaning Antaliya viloyatida ikki niqobli shaxs avtomobilda o‘tirgan haydovchiga hujum qilib, uning mashinasiga o‘q uzdi. Hodisadan so‘ng qochib ketgan gumonlanuvchilar 72 soatlik videokuzatuv yozuvlari o‘rganilishi orqali aniqlandi. Ular O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib chiqdi. Bu haqda «Antalya Ekspres» nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea Manavgat tumanining Ilja mahallasida sodir bo‘lgan. A.E.K. ismli erkak Zeytinlik hududida telefon orqali gaplashish uchun avtomobilini yo‘l chetida to‘xtatgan. Shu payt mototsiklda kelgan, yuzlariga niqob taqqan ikki shaxs unga yaqinlashib, mashinadan tushishni talab qilgan.

Haydovchi ulardan shubhalanib, avtomobildan tushmasdan orqaga harakatlanib, hodisa joyidan ketishga uringan. Biroq hujum qilgan shaxslar uning avtomobiliga o‘q uzib, voqea joyidan qochib ketgan. Shundan so‘ng jabrlanuvchi 112 tezkor xizmat markaziga xabar bergan.

Holat yuzasidan jandarmeriya xodimlari keng ko‘lamli surishtiruv boshlagan. Tergov jarayonida 30 ta xonadon va tadbirkorlik obyektiga o‘rnatilgan kuzatuv kameralarining 72 soatlik videotasvirlari tahlil qilingan.

Natijada hujumda gumonlanayotgan shaxslar O‘zbekiston fuqarolari Kamronbek Abdurasulov va Ero‘l Kamol Pusat ekani aniqlangan. Ular qo‘lga olinib, jamoat xavfsizligiga tahdid solish, mulkka zarar yetkazish, qurol bilan qasddan jarohat yetkazishga urinish va boshqa huquqbuzarliklarda ayblangan.

Sud qarori bilan har ikki gumonlanuvchi qamoqqa olinib, Manavgatdagi yopiq turdagi qamoqxonaga joylashtirilgan.

Hujum jarayoni kuzatuv kameralariga ham tushgan. Videotasvirlarda mototsikldagi ikki shaxsning avtomobil ortidan qaytib kelishi, haydovchi qochishga uringan paytda mashinaga o‘q uzishi va keyin hodisa joyidan ketishi aks etgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?