Xitoyda 19 kishilik elektr samolyoti ilk sinov parvozini amalga oshirdi

1 daqiqa o'qish4
Xitoyda 19 kishilik elektr samolyoti ilk sinov parvozini amalga oshirdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Xitoyning COMAC kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan CE-25A elektr samolyoti 14 noyabr kuni ikki uchuvchi va bir sinov muhandisi ishtirokida o‘zining ilk ekipajli sinov parvozini muvaffaqiyatli bajardi.
  • Shandun provinsiyasida o‘tkazilgan 16 daqiqa 38 soniyalik parvoz davomida havo kemasi 60,4 kilometr masofani bosib o‘tdi.

Xitoyning COMAC kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan CE-25A elektr samolyoti 14 noyabr kuni ilk bor ekipaj bilan havoga ko‘tarildi. Sinov parvozi davomida samolyot bortida ikki nafar uchuvchi va bir nafar sinov muhandisi bo‘lgan. Bu haqda China Daily xabar berdi.

Shandun provinsiyasining Binchjou shahrida amalga oshirilgan parvoz 16 daqiqa 38 soniya davom etgan. Bu vaqt ichida samolyot 60,4 kilometr masofani bosib o‘tgan. Yerdagi tayyorgarlik va boshqa operatsiyalar bilan birga sinov jarayoni 57 daqiqa 46 soniya davom etgan. Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, samolyot barqaror ishlagan va barcha sinov ko‘rsatkichlari kutilgan natijalarga mos kelgan.

CE-25A Xitoyda ishlab chiqilgan birinchi elektr tijorat samolyoti bo‘lib, asosan shaharlar o‘rtasidagi qisqa masofali parvozlar uchun mo‘ljallangan. U 19 nafar yo‘lovchini tashishga qodir, maksimal uchish og‘irligi esa 10 tonnani tashkil etadi. Samolyot soatiga 300 kilometr tezlikda harakatlanishi, 2 400 metr balandlikda uchishi va bir quvvat bilan 400 kilometrgacha masofani bosib o‘tishi mumkin.

Samolyotning har bir qanotiga beshtadan, jami 10 ta elektr ventilyatorli dvigatel o‘rnatilgan. Loyiha COMAC, akkumulator ishlab chiqaruvchi CATL, Shanxay transport universiteti va boshqa hamkorlar ishtirokida amalga oshirilgan.

CE-25A ilk ekipajli parvozidan oldin ham sinovlardan o‘tgan. U 2026 yil 2 fevralda birinchi marta uchuvchisiz avtonom parvozni amalga oshirgan va keyinchalik yana 19 ta uchuvchisiz sinov parvozida ishtirok etgan.

Hozirda Xitoy Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi samolyotni tur sertifikatidan o‘tkazish uchun berilgan arizani qabul qilgan. Biroq uning tijorat parvozlarini qachon boshlashi hozircha ma’lum emas.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?