Ortiqcha vazndan tezda xalos bo‘lishni istasangiz, qaysi vitaminlar va minerallarga tayanishingiz kerakligini bilib olish foydadan holi bo‘lmaydi.
Diyetologlar ma’lum vitaminlar diyeta va jismoniy mashqlar bilan birga tezroq vazn yo‘qotishga yordam berishini isbotladilar. Quyida ozishga harakat qilsangiz, iste’mol qilishni ko‘paytirishingiz kerak bo‘lgan bir nechta vitamin va minerallar ro‘yxati bilan tanishib chiqing.
B guruh vitaminlari
Ushbu guruhdagi vitaminlarning tabiiy manbalari baliq, parranda go‘shti, sut, tuxum, donlar, yangi siqilgan apelsin sharbati va banan.
C vitamini
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, C vitamini organizmdagi yog‘larning oksidlanishini tezlashtiradi va shu bilan ozishga yordam beradi.
C vitaminining tabiiy manbalariga limon, qulupnay, karam, bulg‘or qalampiri va brokkoli kiradi.
D vitamini
Diyetologlar D vitaminini “yog‘ erituvchi” vitamin deb atashadi, chunki chindan ham u oziq-ovqat yog‘larini eritadi. Bundan tashqari, bu vitamin miya va asab tizimining salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek, insulin darajasini tartibga soladi.
Ushbu vitaminga boy ovqatlar — tunes, losos, tuxum sarig‘i va pishloq. Biroq quyosh nuri D vitaminining eng yaxshi manbai ekanini qayd etish joiz.
Kalsiy
Shifokorlarning fikriga ko‘ra, organizmdagi kalsiyning yetarli miqdori semirish ehtimolini kamaytiradi. Kalsiy, shuningdek, suyaklar, soch va tirnoqlarning holatini yaxshilaydi.
Maksimal ta’sirga kam yog‘li sut mahsulotlari, yashil bargli sabzavotlar va soyani muntazam ravishda iste’mol qilish bilan erishiladi.
Magniy
Ortiqcha vaznga qarshi kurashda yordam beradigan yana bir mikroelement. Magniy semizlik xavfini kamaytirishga yordam beradigan insulin va qonda qand darajasini tartibga solishi ko‘rsatilgan.
Muntazam ravishda magniyning kunlik ehtiyojini olish uchun yong‘oq, dukkaklilar, avokado, qora shokolad va ismaloqni taomnomaga kiriting.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring