
Qo‘llar kun davomida turli ishlar tufayli tezda charchaydi va teri quruqlashishi mumkin. O‘y sharoitida oddiy parvarish qoidalariga amal qilish qo‘llaringizni sog‘lom va chiroyli saqlaydi.
Avvalo, qo‘llarni iliq suvda, yumshoq sovun bilan yuvish tavsiya etiladi. Juda issiq suv teri yog‘ini yo‘qotib, quruqlikka olib keladi. Yuvgandan so‘ng namlovchi krem surish zarur.
Haftasiga bir-ikki marta qo‘llar uchun maxsus skrab ishlatish teri hujayralarini yangilaydi. Shuningdek, zaytun yog‘i solingan iliq suvda qo‘lni 10–15 daqiqa dam oldirish foydali.
Uy ishlarida kimyoviy vositalar bilan ishlaganda qo‘lqop kiyish shart. Kechki payt yog‘li krem surib, paxta qo‘lqop bilan uxlash qo‘lni yanada yumshoq qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.