“Vkusno by Seva” asoschisi Sevara Oganova 506 kilogrammlik tort tayyorlab, O‘zbekiston rekordlar kitobiga kiritildi! (video)

1 daqiqa o'qish1
“Vkusno by Seva” asoschisi Sevara Oganova 506 kilogrammlik tort tayyorlab, O‘zbekiston rekordlar kitobiga kiritildi! (video)

«Vkusno by Seva» pazandalik brendi asoschisi Sevara Oganova O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan ulkan tort tayyorladi. Ushbu ijodiy ishi bilan u O‘zbekiston rekordlar kitobidan joy oldi.

Pazanda bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi. U 30 yoshida mamlakat rekordchilari qatoriga qo‘shilganidan mamnunligini bildirib, tayyorlangan tortning o‘lchamlari va vazni haqida ham ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, tortning uzunligi 6 metr, eni 3,3 metr, balandligi esa 11 santimetrni tashkil etgan. Uning umumiy yuzasi 19,8 kvadrat metr bo‘lib, jami 220 bo‘lakka bo‘lingan. Har bir bo‘lakning o‘lchami 30x30 santimetr, vazni esa 2,3 kilogrammni tashkil qilgan. Tortning umumiy og‘irligi 506 kilogrammga yetgan.

Sevara Oganovaning ushbu yutug‘i ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Izohlarda uning yaqinlari va kuzatuvchilari pazandani tabriklab, mehnati va muvaffaqiyatiga yuqori baho berishmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?