GTA VI relizgacha 1,54 milliard dollar daromad keltirgan

GTA VI o‘yini hali rasman chiqmasidan turib, 1,5 milliard dollardan ortiq daromad keltirgani ma’lum qilindi. Forbes nashri bir qator tadqiqotlarga tayanib, o‘yinning relizgacha bo‘lgan sotuv hajmi va tushumlarini hisoblab chiqdi.
Nashr keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, GTA VI'ning taxminan 15,88 million nusxasi sotilgan. Bu esa 1,54 milliard dollarlik daromadni tashkil etgan.
Sotuvlarning asosiy qismi PlayStation konsollariga to‘g‘ri kelgan. Ushbu platforma ulushi qariyb 75 foizni tashkil etgan. Qolgan 25 foizlik sotuv esa Xbox konsollari hissasiga to‘g‘ri keladi.
O‘yinning rasmiy narxlari ham ma’lum qilingan. Standart versiya 79,99 dollar, Ultimate versiyasi esa 99,99 dollardan sotuvga chiqarilishi belgilangan.
Yangi Zelandiyada o‘yinni birinchi bo‘lib o‘ynash imkoniyati paydo bo‘ladi. Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da u yerda 00:00 bo‘ladi va mahalliy o‘yinchilar GTA VI'ni o‘ynashni boshlashlari mumkin.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar




























Izohlar0
…