9 yoshli bola Roblox o‘yinida 20 ming dollar sarfladi, kompaniya pulni qaytarib bermadi

1 daqiqa o'qish0
9 yoshli bola Roblox o‘yinida 20 ming dollar sarfladi, kompaniya pulni qaytarib bermadi

Kanadaning Galifaks shahrida yashovchi 9 yoshli bola yozgi ta’til davomida Roblox o‘yinida qariyb 20 ming AQSH dollari sarflab yubordi. Ota-onasi bu haqda bank hisobidagi mablag‘ tugagani to‘g‘risida xabarnoma olganidan keyingina xabar topgan.

Ma’lum bo‘lishicha, oiladagi to‘rtta iPad qurilmasi bitta Apple Pay hisobiga ulangan bo‘lgan. Shu sababli bola o‘yin ichidagi xaridlarni amalga oshirar ekan, haqiqiy pul sarflayotganini anglamagan.

Ota-onasi Keri Chernoff va Dawn Sutherlandning aytishicha, farzandi turli o‘yin platformalarida jami 28 ming Kanada dollari sarflagan. Shundan qariyb 20 ming dollari Roblox'dagi xaridlarga to‘g‘ri keladi.

Boshqa o‘yin kompaniyalari oilaga sarflangan mablag‘ning katta qismini qaytarishga rozi bo‘lgan. Biroq Roblox xarajatlarni qaytarishdan bosh tortgan. Kompaniya to‘lovlar uchinchi tomon orqali amalga oshirilganini bildirib, ota-onalarga to‘lov xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotga murojaat qilishni tavsiya qilgan.

Hozircha oila Roblox'da sarflangan pulni qaytarib olishi noma’lum. Ota-onalar kompaniya qarorini qayta ko‘rib chiqishiga umid qilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?