21:39 / 10.11.2018
4 693

Telefon yo hellfon? yoxud ixlossiz ibodat

Telefon yo hellfon? yoxud ixlossiz ibodat
Masjidul-Haramda namoz o‘qiyapmiz. Namoz asnosida bir arab yigitning telefoni jiringlab qoldi... Telefon bilan birga qalbi ham tipirchiladi-yov... Telefonda musiqa chalinsa namoz o‘qiyotganlarning namozi buzuladi. Chunki xayollar bo‘linadi...

Yigit namoz ichida qo‘lini cho‘ntagiga soldi. Telefonini chiqarib, og‘ziga yaqinlashtirib: "usolliy" (Namoz o‘qiyapman), dedi. So‘ng yana telefonini cho‘ntagiga qaytarib solib qo‘ydi. Uning namozi nima bo‘ldi endi!

Ka’batullohning eshigi oldida odamlar tik turib yig‘lamoqdalar... Duolar qilishmoqda... To‘satdan bir yigitning telefoni jiringlab qoldi... Telefonda hindcha musiqa chalinayotgan edi...

G‘arb bizning toat ibodatlarimizni qay darajada ta’sirsiz qilishga harakat qilishganini tasavvur qilavering endi!

Qancha odamlarni ko‘rdim. Ka’bani tavof qilyapti. Ammo tavof paytida Allohga yuzlanish yo‘q! Aksincha, tavof vaqtida telefonida kimgadir "kommentariy" yozmoqda:

– Hozir Maqomi Ibrohim yaqinidan o‘tyapmiz...
– Endi Hatiym oldidan o‘tmoqdamiz.
– Hajarul-Asvadda odam ko‘p, tiqilinch...

O‘zi Ka’bani tavof qilyapti, kimgadir "komentariy" ham yozyapti. Tavofning mohiyati qani?! Allohning zotiga bo‘lgan tavajjuh qani? Aksar yoshlar shu musibatga mubtalo bo‘lib qolishdi... Telefonda behuda gaplashish… befoyda smslar yuborish...

Bu telefon bugungi kunda sellfon (do‘zax) ga aylanib bormoqda.

Oldingi zamonlarda erkak kishi nomahram ayol bilan gaplashishda taraddudlanib qolar edi... Imkon izlardi... Zo‘rg‘a imkon topar edi. Ya’ni, oldinlari gunoh qilishni niyat qilsa ham, gunohni bajarishga imkon topilmas edi. Telefon balosi gunoh qilishni osonlashtirib qo‘ydi.

Uyda, oshxonada pichoq saqlaymiz. Ammo zarurat yuzasidan saqlaymiz. To‘g‘ri narsalarda ishlatamiz. Xato ishlar (jinoyatlar) da ishlatishdan saqlanamiz. Xuddi shunday, telefon ham zaruratdir. Shuning uchun telefonni ham zaruratdan tashqari, nojo‘ya ishlarda foydalanishdan saqlanish lozim!
Shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy hafizahulloh
"Sharm va hayo" kitobi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Telefon yo hellfon? yoxud ixlossiz ibodat