Foto: Money
Kollagen ichaklar, yurak va suyaklar salomatligida muhim rol o‘ynaydi. Uning yetishmasligi turli muammolar, og‘riqli sindromlar bilan namoyon bo‘ladi. Suyaklar salomatligi faqat kollagenga bog‘liq emas va uning mustahkam va baquvvat bo‘lishi uchun boshqa moddalar ham zarur.
Suyak qaynatib tayyorlangan bulon
Suyak qaynatib tayyorlangan bulon eng yaxshi kollagen manbalaridan biri sanaladi. Bunday taomda kollagendan tashqari, suyaklar yallig‘lanish jarayonini yaxshilaydigan foydali moddalar: glyukozamin, xondroitin, magniy, kaliy va oltingugurt mavjud bo‘ladi.
Sulfatga boy sabzavotlar
Brokkoli, gulkaram, sarimsoq va piyoz sulfatni o‘z ichiga oladi. O‘z navbatida sulfatirovaniyada muhim rol o‘ynaydi. Sulfat glyukozamin va sulfat xondroitinni hosil qiladi. Bu moddalar tog‘aylarni mustahkamlab, ularning bitishini yaxshilaydi.
Bioflavanoidlar
Biriktiruvchi to‘qimalarning mustahkamlanishi uchun ratsionga bioflavanoidlarga boy mahsulotlarni kiritish kerak. Chernika, piyoz, karam va olcha shular jumlasidandir. Shuningdek, o‘rik, kakao va boshqa kollagenga boy mahsulotlar ham tavsiya etiladi.
Rux moddasiga boy moddalar
Rux biriktiruvchi to‘qimalar tashkil topishida ishtirok etgani sabab ham suyaklar va uning salomatligi uchun ayni muddao hisoblanadi. Shu sabab ham shifokorlar ratsionga rux moddasiga boy mahsulotlarni kiritishni tavsiya qiladi. Mol go‘shti va qovoq urug‘lari rux moddasining manbayi hisoblanadi.
Mis moddasini ichiga oladigan moddalar
Mis kollagen hosil bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Avokado, kakao, pista va kunjutda ushbu modda mo‘l bo‘ladi. Ammo ayrim mahsulotlarda kaloriya yuqori bo‘lishi, ularning iste’moli semirishga olib kelishi, bu esa suyaklarga salbiy ta’sir qilishini unutmaslik kerak. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
Putinning yadroviy ogohlantirishi — "Oreshnik" nimalarga qodir?
Mashhur kosmetolog Krishtianu Ronalduni sudga berdi
Ukrainada Tramp nomzodi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga taklif qilindi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi