3 331
Go‘zal hamda yosh ko‘rinishning siri: tabiiy kollagenni o‘z ichiga olgan 9 ta mahsulot
Foto: Pinterest
Kollagen – yosh ko‘rinish va terining elastikligi uchun mas’ul bo‘lgan hujayralarning asosidir, shuningdek, tirnoqlarning mustahkamligi va soch salomatligi uchun ham muhim. Yoshi o‘tishi bilan organizmda kollagen miqdori kamayib boradi va uning tabiiy muvozanatini tiklash juda qiyin. Shuning uchun organizmdagi tarkibni yaxshilashga yordam beradigan mahsulotlarni muntazam iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Go‘sht
Kollagen oqsil bo‘lib, uning tarkibini ta’minlash uchun tana uni kerakli mahsulotlardan oladi. Tovuq, kurka va mol go‘shti tanadagi kollagen darajasini oshirishga hamda teri, soch va tirnoqlarni sog‘lom saqlashga yordam beradi.
Yashil no‘xat
Bu sabzavot oqsil tarkibi bo‘yicha haqiqiy chempiondir – uning har bir porsiyasida 8 gramm oqsil bor. Shuningdek, ular ichak salomatligi va faol metabolizm uchun zarur bo‘lgan kletchatkaga boy.
Bulg‘ori qalampiri
Ushbu sabzavot antioksidantlarga, shuningdek, kollagen ishlab chiqarishda faol ishtirok etadigan C vitaminiga boy. Bulg‘ori qalampirni muntazam ravishda iste’mol qilish terining yoshligini saqlashga yordam beradi va ajinlar kabi qarishning ilk belgilari bilan kurashadi.
Sabzi
Kollagen ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan A vitamini sabzi tarkibida ko‘p. Ammo organizm tomonidan so‘rilishi uchun uni zaytun yoki kungaboqar yog‘i kabi to‘yinmagan yog‘lar bilan iste’mol qilish kerak.
Ismaloq va karam
Bu sabzavotlar A, C vitaminlari va ruxga boy bo‘lib, ular tabiiy kollagen ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi. Hech bo‘lmaganda har kuni bu sabzavotlardan tayyorlangan salatni iste’mol qilish lozim. Bu teri va sochlarni sog‘lom saqlashga yordam beradi.
Chia
Bu mayda, ammo foydali urug‘lar kollagen hosil qilish uchun zarur bo‘lgan oqsilga boy. Shuningdek, yogurt yoki salatlarga chia qo‘shish ham foydali, ham mazali. Bundan tashqari, chia ichaklar faoliyatini yaxshilash uchun muhim hisoblanadi.
O‘riklar
Bu mevalar tabiiy kollagen ishlab chiqarishni rag‘batlantiradigan A vitaminini o‘z ichiga oladi. Vitamin nafaqat yangi o‘riklarda, balki uning turshagida ham mavjud. Shuning uchun uni, masalan, ertalabki jo‘xori uniga yoki o‘zini iste’mol qilish teri uchun foydali.
Yong‘oq
Yong‘oq mahsulotlari sog‘lom metabolizmni qo‘llab-quvvatlaydi, oshqozon-ichak traktining faoliyatini me’yorga keltiradi va tabiiy kollagen ishlab chiqarishni ham rag‘batlantiradi. Yong‘oq tarkibida A va C vitaminlari, shuningdek, rux mavjud. Bundan tashqari, yong‘oq B vitaminiga boy bo‘lib, u terining holatiga foydali ta’sir ko‘rsatadi.
Bulon
Parranda yoki mol go‘shtining suyaklari asosida tayyorlangan bulon, albatta, muntazam ravishda iste’mol qilinishi kerak. Bundan tashqari, yoshi kattalar bu kabi bulonlarni ratsionga kiritishi shart, chunki oqsil, kalsiy va tabiiy kollagenning manbaidir. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi