Bitiruvchini ishga olgan tadbirkorlarga katta soliq imtiyozi beriladi

Bitiruvchini ishga olgan tadbirkorlarga katta soliq imtiyozi beriladi

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasasini tamomlagan yoshlarni ishga qabul qilgan tadbirkorlar uchun yangi soliq imtiyozi joriy etiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ma’lum qildi.

Yangi tartibga ko‘ra, ish beruvchi yosh mutaxassis uchun bir yil davomida daromad va ijtimoiy soliqni atigi 1 foiz miqdorida to‘laydi.

Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Kafolatlangan birinchi qadam” paketi ham yo‘lga qo‘yiladi. U ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, harbiy xizmatdan qaytgan, mehnat migratsiyasidan qaytgan, jazoni o‘tab chiqqan hamda nogironligi bo‘lgan yoshlarni qamrab oladi.

Bundan tashqari, “Yoshlar mini-franshizasi” dasturi ishga tushiriladi. Uning doirasida o‘z biznesini kengaytirayotgan yosh tadbirkorlarga imtiyozli kredit va yer maydonlari ajratiladi. Mahalliy brendlar franshizasini xarid qilayotgan yoshlarga esa 300 million so‘mgacha foizsiz ssuda beriladi.

Mazkur tashabbuslarni amalga oshirish uchun 500 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar