date

“O‘zsanoatqurilishbank”ga 35 yoshli rahbar tayinlandi

“O‘zsanoatqurilishbank”ga 35 yoshli rahbar tayinlandi

35 yoshli Saidkamol Xo‘jaev “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bu haqda 12news.uz xabar bermoqda.

Bank ma’lumotlariga ko‘ra, Saidkamol Xo‘jaev 1997 yildan beri bank tizimida ishlab keladi.

Toshkent Moliya instituti hamda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi bitiruvchisi hisoblangan Xo‘jaev bungacha bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistondagi eng keksa moliya muassasalaridan biri hisoblanadi. 1922 yilda tashkil etilgan bank 1991 yili aksiyadorlik-tijorat banki sifatida qayta tashkil etilgan, 2009 yili esa hozirgi nomini olgan.

O‘zbekiston Moliya vazirligi, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, shuningdek, “O‘ztransgaz”, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi, “O‘zbekenergo”, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Sho‘rtangazkimyo” majmuasi kabi yirik kompaniyalar bank aksiyadorlari hisoblanadi.

Manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » “O‘zsanoatqurilishbank”ga 35 yoshli rahbar tayinlandi