
Okeanlarning qa’rida bir jonivor yashaydi. Tovus qushiga o‘xshagan, nomi dengiz uzumidir. Uning miyasi bor, fikrlaydigan bir hayvondir aslida. U hayvon bir in qurib, hayotini tinchgina yashab o‘tish uchun qoyaliklarning tagidan har doim joy qidiradi. Qachonki ko‘ngildagidek qoyani topsa, o‘zini qoyaga uradi va bundan keyin miyaga ehtiyojim yo‘q deb taxmin qiladi. Shu taqlidda o‘z miyasini o‘zi yeyishga tushadi. Natijada hayvon sekin-asta o‘simlikka aylanadi.
Juda qiziq, shunday emasmi?
Ammo ishoningki, Islom ummatining bugungi ahvoli shu holatda. O‘z miyamizni o‘zimiz yemoqdamiz. Alloh miya kabi bir ne’matni bergan. Ammo biz undan foydalanmaymiz. Biz nega o‘ylanaylik, qayg‘uraylik, boshliqlar o‘ylasin buni deymiz. Irodamizni ijaraga berib, miyamizni yeyishda davom etmoqdamiz.
Ikki yuz yildir Islom ummatida ixtiro, kashfiyot yo‘q. Ilm va bilim to‘xtadi go‘yo. Andalusdek tajribaga ega bir ummat, hozir boshqalarning irodasiga bo‘ysunishga mahkum. Vaqtiyu-zamonida butun dunyodan rohiblar Andalusga ilm o‘rganish uchun kelar edi. Bir kun bir rohib Andalusni tark etar ekan, qo‘ynida bir narsa o‘g‘irlab qo‘lga tushadi. U narsa «Abakus» ya’ni, o‘sha davrning kompyuteri edi. Kompyuterni ijod qilgan bir ummatning bolalari, kompyuter programmalarida cho‘qqilarni zabt qilishi kerak emasmidi? Biz foydalanayotgan butun programma, ijtimoiy saytlarning ijodkori ba’zan biz qarg‘ab qo‘yadigan qarshi tarafdagi ummatnikidir.
Miyamizni yeyishdan to‘xtaylik. Alloh bu miyani bizga ye deb emas, foydalan, ishlat deb bergan. Uni ishlatganimiz sari yanada ko‘p ishlaydi aslida.
Marziya Saydam
Manba: Azon.uz

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar