Toshkentda jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi

Shayxontohur tumani IIO FMB Jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i tadbirkorga nisbatan ochilgan ishni ijobiy hal qilib berish evaziga 7,5 ming dollar talab qilgani aniqlandi. U DXX, IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi hamda shahar prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘lga olindi. Mansabdor shaxs so‘ralgan puldan 2,5 ming dollarini oldindan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Toshkentda IIO mansabdori pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi. Tezkor tadbir DXX, IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi va shahar prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilgan.
Ma’lum qilinishicha, Shayxontohur tumani IIO FMB Jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i tadbirkorga nisbatan qo‘zg‘atilgan ishni ijobiy hal qilish evaziga 7,5 ming dollar talab qilgan.
U oldindan 2,5 ming dollar olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.































Izohlar 0
…