Toshkent va Samarqand viloyatlarida muzlatgich va hojatxona shaxtasidan narkotik moddalar topildi

Toshkent va Samarqand viloyatlarida muzlatgich va hojatxona shaxtasidan narkotik moddalar topildi

Toshkent va Samarqand viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda yirik miqdordagi narkotik moddalar noqonuniy muomaladan olindi.

DXX va Bojxona qo‘mitasi xodimlari Bekobod shahrida 2025 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan shaxsni qo‘lga oldi. Uning ijara uyi tekshirilganda, muzlatgichdan 151 gramm opiy, hojatxona shaxtasidan esa 4 kilogramm 971 gramm gashish topildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu moddalar qo‘shni davlatdan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan.

Samarqand viloyati Urgut tumanida esa ikki nafar fuqaro 932 gramm gashish va 2,5 gramm opiyni 10 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtda ushlandi.

Har ikki holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar