![Doniyor Toshxoʻjayev 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi](/uploads/posts/2025-02/9b2314d8aa_37d0812e-6d36-4261-92c8-9d4662146fc4_w1200_r1.webp)
Toshkent shahar IIBB boshligʻining sobiq birinchi oʻrinbosari polkovnik Doniyor Baxtiyorovich Toshxoʻjayev 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
U Komil Allamjonovga suiqasd ishida ayblangan.
Doniyor Toshxoʻjayev koʻp yillar Toshkent shahar IIBB boshligʻi oʻrinbosari lavozimida ishlagan, 2020-2022 yillarda Fargʻona viloyati IIB boshligʻi boʻlgan, 2024 yil noyabrida Toshkent shahar IIBB boshligʻi birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etilgandi.
Oʻshanda ushbu ish doirasida IIVning yana ikki mansabdori — IIV Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati boshligʻi Ahrorjon Adhamov hamda Toshkent shahar IIBB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi Timur Sobirov ham ishdan olingandi.
Doniyor Toshxoʻjayev Allamjonov ishi boʻyicha tergov jarayoniga xalaqit qilishda gumonlangandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar