Bo‘stonliqda Captiva kanalga tushib ketdi

14 iyun kuni soat 19:43 da Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Captiva rusumli avtomobil kanalga tushib ketdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi transport vositasini qiyalik hududda qoldirgan va qo‘l tormozini tortmagan.
Natijada avtomobil o‘z-o‘zidan harakatlanib, «Koronko‘l» kanaliga tushib ketgan.
Hodisa joyiga Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari yetib borgan.
Maxsus texnika yordamida avtomobil kanal o‘zanidan olib chiqilgan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar qayd etilmagan.
Biroq transport vositasiga texnik shikast yetgani ma’lum qilindi.






























Izohlar 0
…