Andijonda 4,9 mlrd. so‘mlik to‘qimachilik dastgohlari kredit qarzi sabab xatlandi

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida tijorat banklaridan olingan kreditlar o‘z vaqtida to‘lanmagan hollarda, qarzdorlikni qoplash uchun garovga qo‘yilgan mulkka nisbatan majburiy choralar qo‘llaniladi.
Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudining 27.03.2024 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor “DINAR TEKSTIL” MCHJ hisobidan solidar tartibda undiruvchi AT «Aloqabank» foydasiga jami 773.386 AQSH dollari miqdorida kredit qarzdorlik undirilishi belgilangan.
Mazkur ijro ishi yuzasidan Andijon tumanida joylashgan 4,9 mlrd. so‘mga baholangan 13 dona yirik to‘qimachilik dastgohlari garovga qo‘yilgan.
Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi ish yurituvidagi ushbu hujjat yuzasidan qarzdorlar ogohlantirilgan va tegishli tartibda ixtiyoriy muddat bergan.
Berilgan muddat o‘tib, qarzdorlik qoplanmagach, sud hujjatiga asosan garovdagi yirik to‘qimachilik dastgohlari xatlab qo‘yildi.
Hozirda dastgohlarni elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.































Izohlar 0
…