Aprel oyi uchun 111,8 milliard so‘m keshbek hisoblandi

Soliq qo‘mitasi 2026 yil aprel oyi yakunlari bo‘yicha iste’molchilarga hisoblangan keshbek to‘lovlari statistikasini e’lon qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, respublika bo‘yicha 236,7 millionta fiskal chek asosida jami 111,8 milliard so‘m keshbek hisoblangan.
Hududlar kesimida eng katta to‘lov Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelib, poytaxt aholisiga 34,9 milliard so‘m keshbek qaytarilgan.
Keyingi o‘rinlarni Farg‘ona viloyati 17,5 milliard so‘m, Toshkent viloyati 12,4 milliard so‘m, Samarqand viloyati 6,6 milliard so‘m va Xorazm viloyati 6,5 milliard so‘m ko‘rsatkich bilan egallagan.
Soliq qo‘mitasiga ko‘ra, xarid summasining 1 foizini qaytarish mexanizmi fuqarolarni chek talab qilishga rag‘batlantirmoqda.
Bu esa yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish, shuningdek, tadbirkorlarning soliq intizomini oshirishga xizmat qilmoqda.

























Izohlar 0
…