Stadion qahramoni: Isfandiyor milliy terma jamoa bilan uchrashdi

O‘zbekiston terma jamoasining ashaddiy kichik muxlisi Isfandiyor yana bir bor e’tibor markazida bo‘ldi. U Kolumbiyaga qarshi uchrashuvda stadiondan turib jamoani faol qo‘llab-quvvatlab, ko‘plab muxlislar qalbidan joy olgan edi.
Aynan o‘sha samimiy va chin dildan qo‘llab-quvvatlovi uni muxlislar orasida mashhur qildi. Bugun esa Isfandiyor unutilmas lahzalarni boshdan kechirmoqda.
Kichik muxlis Isfandiyor O‘zbekiston milliy terma jamoasining Atlantadagi bazasiga taklif qilindi. U yerda yosh muxlisni futbolchilar va bosh murabbiy Fabio Kannavaro iliq kutib oldi. Isfandiyorga Abbosbek Fayzullayevning 22-raqamli futbolkasi sovg‘a qilindi. Futbolkaga “Milliy terma jamoaning bosh muxlisiga” degan esdalik yozuvi va futbolchining imzosi tushirilgan. Shundan so‘ng, bolakay terma jamoa futbolchilari bilan birga esdalik suratlariga tushdi.

Mazkur uchrashuv nafaqat Isfandiyor, balki barcha muxlislar uchun ham quvonchli voqea bo‘ldi. Bu kabi e’tibor yosh avlodni sportga yanada yaqinlashtirib, ularni yangi marralar sari ruhlantirishi shubhasiz.






























Izohlar 0
…