Boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) foydasiga qarzdorliklar undirilmoqda

Boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) foydasiga qarzdorliklar undirilmoqda
Qisqacha

Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyati boshqarmasi va hududiy bo'limlari tomonidan BSK foydasiga 1,1 mlrd. so'mlik qarzdorlik 1 775 ta ijro hujjati bo'yicha amalda undirildi. Joriy yilning o'tgan davrida ish yurituvdagi BSKlarga tegishli jami 3 000 ta, 2,5 mlrd. so'mlik ijro hujjatidan 2 591 tasi 2,1 mlrd. so'm miqdorida tamomlandi. Shuningdek, 86 ta ijro hujjati bo'yicha 174 mln. so'm undiruv qarzdorlarning ish haqiga qaratildi.

Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan sud qarorlariga ko‘ra, boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) foydasiga qarzdorliklarni undirish borasida muayyan ishlar qilinmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida ish yurituvdagi boshqaruv servis kompaniyalariga undiruvlar bilan bog‘liq jami 3 000 ta 2,5 mlrd. so‘mlik ijro hujjatlar ijrosi bo‘yicha, olib borilgan ijro harakatlari davomida 2,1 mlrd. so‘mlik 2 591 ta ijro hujjatlar tamomlangan.

Shundan 1 775 ta ijro hujjatlari bo‘yicha 1,1 mlrd. so‘mlik qarzdorliklar amalda undirilgan.

Shuningdek, mazkur toifadagi 86 ta ijro hujjati bo‘yicha 174 mln. so‘m undiruv qarzdorlarning ish haqiga qaratilgan.

Boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) foydasiga qarzdorliklarni kamaytirish, to‘lov intizomini mustahkamlash borasida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Mazkur tadbirlarda mas’ul xodimlar ishtirok etib, qarzdorliklarni undirish hamda qonuniylikni ta’minlash borasida tegishli choralar ko‘rilmoqda. Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar